locale OZ

O'zbek futboli afsonasi xalqimizni Jahon chempionati yo'llanmasi bilan tabrikladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbek futboli afsonasi xalqimizni Jahon chempionati yo'llanmasi bilan tabrikladi
FOTO: UzbekistanFA

O‘zbek futboli afsonalaridan biri Vasilis Xadzipanagis barcha yurtdoshlarimizni Jahon chempionati yo‘llanmasi bilan tabrikladi.

“Barcha vatandoshlar, O‘zbekiston aholisi va dunyo bo‘ylab futbol ishqibozlarini mamlakatimiz tarixidagi buyuk voqea — O‘zbekiston milliy terma jamoasining ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatiga chiqishi bilan tabriklayman!

Bu tarixiy yutuq — ko‘p yillik mehnat, ishonch va yuksak marralarga intilish samarasidir. Barcha futbolchilarni, murabbiylar shtabini, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini hamda har doim jamoani qo‘llab-quvvatlab kelgan sodiq muxlislarni chin yurakdan muborakbod etaman!

2026-yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasiga katta muvaffaqiyatlar, munosib ishtirok va yorqin g‘alabalar tilayman”, - deyilgan tabrikda.

Eslatib o'tamiz, Vasilis Xadzipanagis 1972-yildan 1975-yilgacha Toshkentning “Paxtakor” klubida to'p surgan va jami 96 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta golga mualliflik qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting