locale OZ

O'zbek bokschisi Bahodir Jalolov nufuzli murabbiy bilan mojaro qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: upl.uz

Toshkentda ommaviy muhokamalarga sabab bo'lgan futbol turniri yuzasidan shov-shuvlar to'xtamayapti. Avval ijtimoiy tarmoqlarda blogerlar va artistlar o'rtasidagi ommaviy janjal videosi tarqaldi. Ortidan esa o'zbek bokschisi Bahodir Jalolovning futbol murabbiyi bilan tortishuvi aks etgan video ommaga yetdi.

Tarqalgan lavhalarda Jalolov futbol mutaxassisi Baxtiyor Ashurmatov tanqidlariga norozi bo'lganini ko'rish mumkin. Vaziyatga sobiq futbolchi Oybek Qilichev aralashishga majbur bo'ldi. Yaxshiyamki, tortishuv tinch yo'l bilan hal etildi.

Video keng tarqalganidan so'ng, ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar bokschining harakatlarini keskin tanqid ostiga olishdi. Ular Ashurmatov o'zbek futboli uchun katta hissa qo'shganini va uning yoshiga hurmat bilan yondashish kerakligini ta'kidlashdi. Ma'lumot uchun, Ashurmatov Jalolovdan 19 yosh katta.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting