locale OZ

O‘yin paytida bosh murabbiyni maydondan huquq-tartibot xodimlari olib chiqib ketdi

“Buxoro” murabbiyi Bakaevga berilgan qizil kartochka ortidan kutilmagan holat yuz berdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: upl.uz

O‘zbekiston futboli yana bir noodatiy holat bilan futbol ishqibozlarini hayratda qoldirdi. Yaqinda chempionat o‘yinlaridan biri davomida tasvirga olingan video keng tarqaldi.

Unda hakam “Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakaevga qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatganini ko‘rish mumkin. U hakamning qarorlaridan norozi bo‘lgani uchun maydondan haydaldi.

Oradan biroz o‘tib, Bakaevni huquq-tartibot idorasi xodimlari maydondan olib chiqib ketishdi. Qizig‘i shundaki, mutaxassis jamoat tartibini buzmagan va bu holatda nega politsiya aralashgani noma’lumligicha qoldi.

Ma’lumot uchun, xalqaro amaliyotda politsiya xodimlari o‘yin vaqtida faqat tartibni ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Agar futbolchi yoki murabbiy maydonni tark etishi kerak bo‘lsa, bu vazifani odatda stadion styuardlari bajaradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting