Oybek Urmonjonov Turkiyada tizzasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi
Tiklanish jarayoni bir necha oyni tashkil qiladi.
Фото: Динамо ПФК
“Dinamo” safida bu yilgi o‘yinlari orqali Superliga kashfiyotlaridan biriga aylangan Oybek Urmonjonov mavsum yakunida jarohat olgandi.
19 yoshli yarimhimoyachi so‘nggi turdagi “Nasaf”ga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotda jarohat olgandi. Tibbiy tekshiruvlardan so‘ng, futbolchining chap tizza oldingi xochsimon boylamining yirtilishi aniqlangandi. Kuni kecha Oybek Istanbulda tizzasidan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi va O‘zbekistonga qaytdi.
Tiklanish jarayoni bir necha oyni tashkil qiladi. Urmonjonov jarohat sababli yanvar oyida Saudiya Arabistonida o‘tadigan U23 Osiyo kubogini o‘tkazib yuboradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist