locale OZ

Oybek Rustamov «Qo‘qon-1912»ga qaytdi

Futbolchi 2023-yil boshidan buyon «konchilar» safida ijara asosida to‘p surib kelayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oybek Rustamov «Qo‘qon-1912»ga qaytdi
Фото: ОКМК

OKMK FK jamoasi va yarim himoyachi Oybek Rustamov o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilindi.

Huquqiy jihatdan «Qo‘qon-1912» klubiga tegishli bo‘lgan futbolchi 2023-yil boshidan buyon «konchilar» safida ijara asosida to‘p surib kelayotgandi. Shartnoma bandlariga muvofiq, ijara muddati yakuniga yetgach, Oybek Rustamov vodiy jamoasi ixtiyoriga qaytdi.

Iqtidorli futbolchi uch yillik faoliyati davomida Olmaliqliklar libosida 83 ta uchrashuvda maydonga tushib, maydon markazida yuqori pressing, o‘yin qurishdagi faolligi hamda yetakchilik fazilatlari bilan ajralib turdi va 6 bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoa natijalariga munosib hissa qo‘shdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting