locale OZ

Oyarzabal «Barselona» haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 25 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oyarzabal «Barselona» haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
ФОТО: Getty images

«Real Sosyedad» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarzabal «Barselona» tomonidan unga bildirayotgan ehtimoliy qiziqish haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Agar men haqimda gapirishsa, demak, hammasini to‘g‘ri qilyapman. Lekin bunga alohida e’tibor bermayman va vaqtimni sarflamayman. Hozir ushbu jahon chempionatiga, jamoaga har qanday yo‘l bilan yordam berishga e’tibor qaratganman», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Avvalroq «Barselona» Oyarzabalni Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresga muqobil sifatida ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi.

O‘tgan mavsumda Oyarzabal «Real Sosyedad» safida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va to‘rtta gollik uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 25 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting