locale OZ

Ouen JCH-2026 formati haqida fikr bildirdi

Angliyalik sobiq futbolchi ishtirokchilar soniga to‘xtatldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Owen JCH-2026 formati haqida fikr bildirdi
ФОТО: Getty images

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen 2026 yilgi jahon chempionatining yangi formati haqida fikr bildirdi.

«48 ta jamoa ishtirokidagi bu format hayratlanarli darajada bag‘rikeng. Birgina muvaffaqiyatsiz natija yetakchi terma jamoani uyiga qaytarib yuborishi mumkin bo‘lgan davrlar o‘tib ketdi. Butun turnir davomida men deyarli uch hafta uxlab, pley-off boshlanishi bilangina uyg‘onish mumkinligi haqida hazillashardim, chunki aynan o‘shanda haqiqiy raqobat boshlanadi.

Guruh bosqichi, albatta, muhim, ammo u ko‘proq ritmni yo‘lga qo‘yish, jismoniy formani saqlash, o‘yinchilarni rotatsiya qilish va optimal lahzani topish bilan bog‘liq», — deb yozdi Ouen Daily Mail nashridagi o‘z sahifasida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting