locale OZ

O'tkir Yusupov Navbahorga qaytdi!

O'zbekiston milliy jamoasi darvozaboni yangi mavsumni lochinlar safida boshlaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'tkir Yusupov Navbahorga qaytdi!
photo: Navbahor FK

Namanganning Navbahor klubi qishki transferlarni amalga oshirishda davom etmoqda.

O'zbekiston milliy jamoasi darvozaboni yangi mavsumni lochinlar safida boshlaydi. Gap shundaki, O'tkir Yusupov Navbahor bilan shartnoma imzolash uchun Namanganga yetib keldi.

Tajribali darvozabon Namangan viloyat hokimi bilan uchrashdi hamda lochinlar bilan shartnoma imzoladi.

Shunday qilib Yusupov Navbahorga qaytdi hamda yangi mavsumni Lochinlar safida boshlaydi.

"O‘tkir Yusupov – 1991 yil, 4 yanvarda Qozog‘istonning Sayram shahrida tug‘ilgan. Bolaligida oilasi bilan yurtimizga ko‘chib kelishgan.
Faoliyati davomida “Mash’al” (Muborak, 2012-2013 yillar), “Nasaf” (Qarshi, 2014-2015 yillar), “Neftchi” (Farg‘ona, 2016-2017 yillar), “Qo‘qon - 1912” (Qo‘qon, 2018 yil), “Navbahor” (Namangan, 2019 – 2024 yilning 1-davrasi), “Fulad” (Axvaz, Eron, 2024 yilning 2-davrasi, 2025 yil) jamoalarida o‘ynagan. Shuningdek, 2018 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozasini qo‘riqlab, terma jamoamizning JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
Tajribali darvozabon 1,5 yillik tanaffusdan so‘ng, yana qadrdon jamoamizga qaytdi.
O‘tkir Yusupovning yangi mavsumda “Navbahor” tarkibida yorqin o‘yinlar namoyish etib, yana avvalgidek “lochinlar”ning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting