locale OZ

Oʻtkir Yusupov muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

Oʻzbekiston milliy jamoasi darvozaboni CAFA Nations Cup — 2025 turnirida jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻtkir Yusupov muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
FOTO: UzbekistanFA

Oʻzbekiston milliy jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov Avstriyada tizzasida oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli tarzda yakunladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Bugun futbolchimiz davolanish olib borilgan klinikadan chiqadi va reabilitatsiya jarayonini «Armonia» nomli maxsus tibbiy markazda davom ettiradi. Tiklanish jarayoni malakali mutaxassislar nazorati ostida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi O‘tkir Yusupovga tez orada to‘liq sog‘ayib, yana maydonga qaytishini tilab qoladi», — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Yusupov Oʻzbekiston mezbonligida oʻtkazilgan CAFA Nations Cup — 2025 turnirida jarohat olib, safdan chiqqandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting