locale OZ

O‘tkiр Yusupov JCH uchun katta puldan voz kechdi

O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni «Esteghlal» taklifini rad etib, «Foulad»da qolishni ma’qul ko‘rdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston terma jamoasi va Eronning «Foulad» klubi darvozaboni O‘tkiр Yusupov jamoasini almashtirmaslikka qaror qildi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eronning yirik klubi — «Esteghlal» Yusupovga taklif yo‘llagan. Moliyaviy jihatdan jozibali bo‘lgan shartnoma taklif qilinganiga qaramay, futbolchi qolishni afzal ko‘rgan.

Yusupov barqarorlikni tanlab, Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishni afzal ko‘rgan. Yangi jamoaga o‘tish futbolchidan vaqt va moslashuvni talab qilgan bo‘lardi, bu esa uning terma jamoa rejalariga ta’sir qilishi mumkin edi. Shu bois, Yusupov «Foulad»da qolish va terma jamoa manfaati uchun katta puldan voz kechishni ma’qul deb topdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting