locale OZ

O‘tkir Yusupov: «Chempionlik uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib kurashamiz»

Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘tkir Yusupov: «Chempionlik uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib kurashamiz»
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinar”ning tajribali sardori O‘tkir Yusupov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bo‘lajak raqibimiz – “Buxoro” tartibli futbol namoyish etadigan jamoa bo‘lsa, buxoroliklar ustozi Aleksandr Xomyakov yaxshi mutaxassis, o‘z ishining ustasi. Bundan tashqari, har ikki jamoa ilk turda zafar quchdi va shu bois, futbolchilarda kayfiyat a’lo darajada.

Bo‘lajak bellashuvda maydonga g‘alaba ishtiyoqi, ishqibozlarga quvonch ulashish maqsadida tushib, zafar quchish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ta’kidlash joizki, biz muxlislar uchun o‘ynaymiz, ularni xursand etish, chempionlik unvonini qo‘lga kiritish uchun bir yoqadan bosh chiqarib kurashamiz.

Ishqibozlardan esa doimo jamoamizni qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini tilayman. Baxtimizga muxlislar doimo sog‘-salomat bo‘lishsin, - dedi O‘tkir Yusupov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting