locale OZ

O‘tkir Yusupov: «Bugun qayerda bo‘lishimdan qat’i nazar, yuragim Vatanim va milliy jamoamiz bilan»

O‘zbekiston MTJ va «Navbahor» jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida terma jamoamiz haqida post qoldirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘tkir Yusupov: «Bugun qayerda bo‘lishimdan qat’i nazar, yuragim Vatanim va milliy jamoamiz bilan»
photo: gettyimages

O‘zbekiston MTJ va «Navbahor» jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida terma jamoamiz haqida post qoldirdi.

«Ba’zan hayot seni sinaydi. Ba’zan esa vaqt jim turishni, sabr qilishni va yanada kuchliroq bo‘lib qaytishni o‘rgatadi.

Men futbolni sevaman. Bu libos, bu bayroq va O‘zbekiston sharafini himoya qilish men uchun doimo eng katta faxr va baxt!

Bugun qayerda bo‘lishimdan qat’i nazar, yuragim Vatanim va milliy jamoamiz bilan. Men ishonaman — hali eng chiroyli kunlar oldinda. Mehnat hech qachon zoye ketmaydi.
Meni doimo qo‘llab-quvvatlagan barcha o‘zbekistonlik muxlislarga chin yurakdan rahmat aytaman. Har bir duongiz, har bir yaxshi so‘zingiz menga kuch beradi.

Nasib qilsa, yanada kuchliroq, yanada tajribaliroq va yanada katta ishtiyoq bilan qaytamiz!!!
Chunki bu hali yakun emas… Bu — yangi boshlanish.

Alloh O‘zbekistonimizni va milliy jamoamizni o‘z panohida asrasin. Olg‘a, O‘zbekiston!» – degan tajribali posbon.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting