locale OZ

Otamendi «River Playt» bilan shartnoma imzoladi

38 yoshli himoyachining “River Plate” bilan kelishuvi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Otamendi «River Playt» bilan shartnoma imzoladi
ФОТО: Getty images

Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan Nikolas Otamendi “River Playt” bilan shartnoma imzoladi, deya xabar beradi Argentina klubi matbuot xizmati.

2025/2026 yilgi mavsum yakunida Otamendi Portugaliyaning “Benfika” klubini tark etib, erkin agentga aylandi. 38 yoshli himoyachining “River Playt” bilan kelishuvi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Otamendi 2020-yildan buyon “Benfika” safida to‘p surib kelayotgan edi. U Portugaliya klubi safida 281 ta o‘yin o‘tkazib, Portugaliya chempioni bo‘ldi, mamlakat Kubogi va ikkita Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Nikolas Argentina terma jamoasi tarkibida boradigan jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng, iyul oyida o‘zining yangi klubiga qo‘shiladi. Amaldagi jahon chempionlari J guruhida Jazoir, Avstriya va Iordaniya jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting