Otamendi Messini qo'llab-quvvatladi
Futbolchi Lionelning Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini davom ettirishini xohlaydi.
Photo: gettyimages
Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi faoliyatini yakunlash masalasi bo'yicha hali bir qarorga kelgani yo'q. Uning jamoadoshlari esa Lionelni qo'llab-quvvatlashmoqda.
Nikolas Otamendi Messining Argentina milliy jamoasi sharafini himoya qilishda davom etishini istaydi.
Argentina terma jamoasi JCH-2026 saralashida Venesuelani mag‘lub etdi (3:0). 38 yoshli Messi ikkita gol urdi.
Argentinaning so'nggi bahsidan keyin Otamendi Lionel bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.
«Shou davom etishi kerak, gnomcha», deb yozgan Argentina va «Benfika» himoyachisi.