Otabek Shukurov U-17 terma jamoasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi yosh futbolchilarni g‘alaba bilan tabriklab, kelajakda omad tiladi
Rasm: Instagram
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov joriy yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi uchrashuvini tomosha qildi. U yosh futbolchilar bilan uchrashib, ularni Osiyo Kubogidagi g‘alaba hamda yaqinda qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabrikladi va kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.
Shukurov o‘z so‘zida, 2012 yilda O‘zbekiston U-16 jamoasi tarkibida Osiyo chempionatida g‘olib chiqqanini eslab o‘tdi va yoshlar terma jamoasining muvaffaqiyatlari unga har doim ilhom bag‘ishlashini ta'kidladi.
Kechа O‘zbekistonning 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi raqiblarini kichik hisobda mag‘lub etib, yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etdi.
Bakradze Iman
Redaktor