Otabek Shukurov faoliyatini BAA ligasida davom ettirishi mumkin
Muzokaralar davom etmoqda.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklari Proligasida davom ettirishi mumkin.
Futbolchining xizmatiga “Baniyas” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu klubda hamyurtimiz Akmal Mozgovoy ham to‘p surmoqda.
Hozirda muzokaralar davom etmoqda va tez orada kelishuvga erishilishi kutilmoqda.
Otabek Shukurov hozirda klubsiz va uning so‘nggi o‘ynagan jamoasi Saudiya Arabistonining “Al-Fayha” klubi bo‘lgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 1,8 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist