Otabek Shukurov – «Baniyas» futbolchisi
Klub o‘zbekistonlik futbolchining transferini e’lon qildi.
ФОТО: Getty images
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini BAA chempionatida davom ettiradi.
Futbolchi “Baniyas” klubi bilan shartnoma imzoladi. Klub o‘zbekistonlik futbolchining transferini e’lon qildi.
Tomonlar muzokaralar o‘tkazishdi va oxiri bir to‘xtamga kelishdi. Bu klub BAA Proligasida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, "Baniyas"da O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a’zosi Akmal Mozgovoy ham to‘p tepadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist