locale OZ

Otabek Narzullayev: Agar imkoniyatlardan foydalanganimizda, 5:0 yoki 6:0 hisobida yutgan bo‘lardik

Mash'al bosh murabbiyi Navbahor ustidan qozonilgan g'alabadan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Otabek Narzullayev: Agar imkoniyatlardan foydalanganimizda, 5:0 yoki 6:0 hisobida yutgan bo‘lardik
photo: Navbahor FK

O‘zbekiston Superligasining 29-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Otabek Narzullayev ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Muborakliklar ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.
- Bugun biz uchun qiyin kun bo‘ldi. Shuncha vaziyat yaratib, birorta ham gol ura olmadik. Agar imkoniyatlardan foydalanganimizda, 5:0 yoki 6:0 hisobida yutgan bo‘lardik. Nimayam derdim, ishlashda davom etamiz. Keyingi bahslarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Bugun “Mash’al” zaxira o‘rindig‘idan U-21 jamoasining uch nafar futbolchisi joy olib, qaydnomaga kiritildi...
- Yoshlarga ham imkon berish kerak, ular shu orqali o‘sib borishadi. Uchrashuvning 2-bo‘limida maydonga tushgan yoshlar o‘yinga tezlik olib kira olishdi. Faqat vaziyatlardan foydalana olmaganimiz chatoq bo‘ldi.

- Jamoangiz gol ura olmagani nima bilan bog‘liq? Omadsizlik tufaylimi yoki charchoq alomatimi?
- “Navbahor” biz bilan qarshi hujumga tayanib o‘ynadi. Agar jamoamizda jismoniy toliqish bo‘lganida, bunday bo‘lmasdi. Bugun ikkinchi bo‘limni ko‘ring, faqat biz hujum qildik. Gol ura olmaganimiz sovuqqonlik yetishmagani bilan bog‘liq.

- Kelasi mavsumga rejalaringiz?
- Bu borada hali o‘ylaganimiz yo‘q. Chunki hali mavsum tugamadi. Oldin mavsumni tugatib olaylik, keyin buni rahbariyat hal qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting