locale OZ

Otabek Boymurodov – «Surxon» futbolchisi

Klub miqyosida Otabek “Paxtakor” va “Buxoro” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Otabek Boymurodov – «Surxon» futbolchisi
Фото: Бухоро ПФК

“Surxon” tarkibini yosh va iqtidorli futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etmoqda. Futbol klubi 22 yoshli darvozabon Otabek Boymurodov bilan shartnoma imzoladi.

Otabek U-20 Osiyo chempioni hamda 2023 yilda yurtimizda bo‘lib o‘tgan turnirning eng yaxshi darvozaboni hisoblanadi. Qit’a birinchiligidagi muvaffaqiyatli ishtiroki unga Argentinada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashish imkonini berdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 1/8 final bosqichigacha yetib bordi.

Shuningdek, Boymurodov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindori bo‘lgan.

Klub miqyosida Otabek “Paxtakor” va “Buxoro” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting