locale OZ

Oston Oʼrunov boshqa chempionatga o’tishi mumkin

24 yoshli futbolchining tehronliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oston Oʼrunov boshqa chempionatga o’tishi mumkin
Фото: ЎФА

Eronning “Persepolis” futbolchisi Oston Oʼrunov yana Rossiya klublariga oʼtishi mumkin. Bu haqda “Mash na Sporte” telegram kanali xabar berdi.

Manbaga koʼra, Oʼrunovga boʼlgan qiziqishning ortishiga uning Oʼzbekiston milliy terma jamoasidagi muvaffaqiyatli oʼyinlari sabab boʼlgan. Аyniqsa, "Al Ain Cup" yarim finalida Misrga qarshi oʼyinda qayd etgan dubli skautlarni hayratda qoldirgan. Shundan soʼng unga Saudiya Аrabistonining mashhur klubi “Аl-Аhli” mutaxassislari ham qiziqa boshlagan. Shuningdek, RPL klublari ham futbolchi boʼyicha tezda harakatga tushib, hisobotlar tayyorlagan.

Nomzodlar orasida “Zenit” klubi ham bor. Klub vakillariga Oʼrunovning driblingi, tezligi va qaror qabul qilish sifati maʼqul kelgan.

Biroq transferga toʼsqinlik qilayotgan asosiy sabab - “Persepolis” rahbariyati uni hozircha sotishni istamayapti. Chunki Ostonni Jahon chempionatidan keyin yanada qimmatroq narxga pullashi mumkin.

Maʼlumot uchun, 24 yoshli futbolchining tehronliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting