locale OZ

O‘smirlarimiz Samarqandda mashg‘ulot o‘tkazishyapti

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘smirlarimiz Samarqandda mashg‘ulot o‘tkazishyapti
PHOTO: Telegram

Shu kunlarda O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi Samarqand viloyati Toyloq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida jam bo‘lishgan.

O‘smir dzyudochilarimiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishyapti. Sakkizinchi iyulga qadar davom etadigan mashg‘ulotlarda ham o‘smirlar, ham qizlar terma jamoamiz qatnashyapti.

Samarqanddagi mashg‘ulot yig‘in yakuniga yetgach, terma jamoamiz xorij yig‘iniga yo‘l oladi. O‘smirlarimiz 8-22 iyul kunlari Gruziyaning Gori shahrida, qizlarimiz esa xuddi shu sanalar oralig‘ida Rossiyaning Sochi shahri o‘tkaziladigan xalqaro mashg‘ulotlarda tayyorgarlikni davom ettirishadi.

Ushbu mashg‘ulotlar terma jamoalarimiz uchun 3-4 iyul kunlari Qozog‘istonda o‘tkaziladigan Almaty Cadets Asian Cup 2025 turniriga tayyorgarlik bosqich vazifasini o‘tab bermoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting