O‘smirlarimiz medallar jamg‘arish bo‘yicha mutlaq peshqadam!
Amman shahri mezbonlik qilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kuni tatamiga chiqqan dzyudochilarimizning bari g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.
photo: Dzyudo Uzbekistan
Amman shahri mezbonlik qilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kuni tatamiga chiqqan dzyudochilarimizning bari g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.
Bugungi bellashuv oldidan terma jamoamiz medallar jamg‘arish bo‘yicha mutlaq ustunlik bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. Kadetlarimiz 8 ta vazndan 6 tasida chempion bo‘lishdi. Kunning qolgan ikkita oltin medali Qozog‘iston va Eron terma jamoalariga nasib etdi.
Birozdan so‘ng boshlanadigan ikkinchi kun bahslarida ham dzyudochilarimizdan sermahsullik kutib qolamiz.
Ibrohim Jalolov
Redaktor