locale OZ

O’smirlar terma jamoamiz Jahon chempionati uchun so‘nggi tayyorgarlik bosqichini boshladi

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
O’smirlar terma jamoamiz Jahon chempionati uchun so‘nggi tayyorgarlik bosqichini boshladi
PHOTO: Telegram

Shu kunlarda taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston o’smirlar terma jamoasi Toshkent viloyatining Dukent shahrida joylashgan sport bazasida Rossiya Federatsiyasi va Belarus o’smirlar terma jamoasi bilan qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda.

Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad joriy yilning 8-14-may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida bo‘lib o‘tadigan kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rishdir. Ushbu yig‘in davomida terma jamoamiz katta murabbiyi Konstantin Li o’smirlarimizning musobaqa oldidan so‘nggi tayyorgarligini ko‘zdan kechirib olinishi rejalashtirilgan.

Tez orada dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi tarkibimiz bilan tanishtiramiz

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting