locale OZ

Oskar yuragi bilan bog‘liq muammolar sabab shifoxonaga yotqizildi

Futbolchi velotrenajorda mashq qilayotganida hushidan ketgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oskar yuragi bilan bog‘liq muammolar sabab shifoxonaga yotqizildi
ФОТО: Getty images

Sobiq “Chelsi” va hozirda Braziliyaning “San-Paulu” klubi sharafini himoya qilayotgan Oskar yuragi bilan bog‘liq muammolar sabab shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda klub matbuot xizmatiga tayanib Globo nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi velotrenajorda mashq qilayotganida hushidan ketgan va taxminan ikki daqiqa o‘ziga kelmagan.

Avvalgi tekshiruvlarda uning yuragida o‘zgarishlar aniqlangan bo‘lib, avgust oyidan buyon kardiolog nazorati ostida bo‘lgan. Futbolchi oilasiga agar sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar jiddiylashsa, faoliyatini yakunlashini bildirgan.

Hozirda Oskar shifoxonada barqaror holatda. Shuningdek, qo‘shimcha tekshiruvlar olib borilmoqda. Klub xabariga ko‘ra, yangi ma’lumotlar tibbiy guruh tomonidan tasdiqlangach e’lon qilinadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting