Oskar professional faoliyatini yakunlashi mumkin
Londonning «Chelsi» klubi sobiq futbolchisi Oskar yurak bilan bog‘liq muammolar sabab kasalxonaga yotqizilgach, faoliyatini yakunlash haqida o‘ylay boshladi. Bu haqda Globo xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, aniqlangan yurak muammosi futbolchi hayotiga xavf tug‘dirmaydi va dori vositalari orqali davolanishi mumkin. 34 yoshli futbolchi oilasi bilan birgalikda professional futbolni tark etish yoki faoliyatni davom ettirish masalasini muhokama qilmoqda. Eng ehtimoliy variant — Oskarning sportdan ketishi.
Eslatib o‘tamiz, yarimhimoyachining sog‘ligidagi muammo rejalashtirilgan tibbiy ko‘rik chog‘ida aniqlangan. Mashqlar vaqtida Oskar hushidan ketib qolgan va taxminan ikki daqiqa o‘ziga kelmagan.
Maʼlumot uchun, Oskar professional faoliyati davomida «Internasional», «Shanxay Port» va «Chelsi» klublarida to‘p surgan, londonliklar safida Angliya chempioniga aylangan. 2025 yil 3 yanvardan buyon u «San-Paulu» futbolchisi hisoblanadi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.