locale OZ

Oskar Bobb «Fulhem»ga oʻtishga yaqin turibdi — manba

Norvegiyalik hujumchi «Man Siti»ni tark etmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oskar Bobb «Fulhem»ga oʻtishga yaqin turibdi — manba
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Oskar Bobb «Fulhem»ga o‘tishga yaqin. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar futbolchi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endi transferni yakunlash uchun klublar o‘rtasidagi muzokaralar o‘tkazilishi kerak. «Fulhem» Bobbni Adam Traorening o‘rniga ko‘rib chiqmoqda.

Kutilishicha, Traore faoliyatini «Vest Hem Yunayted»da davom ettiradi. «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola esa Bobb klubni tark etishni istayotganiga ishonch bildirgan.

Joriy klub mavsumida Oskar Bobb 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining hozirgi bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting