Osiyoning eng yaxshi futbolchisi Shomurodovning agentligi bilan kelishuvga erishdi
PHOTO: Telegram
Vakillarimizning Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan U17 Osiyo chempionatidagi ajoyib ishtiroki va chempionligidan so'ng, turli xil futbol agentliklari yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolashni boshlab yubordi.
O‘zbekiston U-17 tarkibida yorqin o‘yin namoyish qilgan "Bunyodkor" a’zosi Sadriddin Xasanov ProSport Management futbol agentligi bilan xamkorlik qiladi. Ushbu agentlik bilan Eldor Shomurodov, Abbos Fayzullaevlar xam shartnoma tuzishgan. Agentlikning O‘zbekistondagi rahbari futbolchi Egor Krimets xisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Sadriddin Xasanov turnirda 4ta gol urdi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor