Osiyoning 2025 yildagi eng yaxshilari aniqlandi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida OFKning 18 ta nominatsiya bo'yicha 2025 yildagi eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Saudiyalik Salim ad-Dovsari OFK talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi, yaponiyalik Hana Takahasi esa yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topildi.
Dovsari 2022 yilda ham Osiyoning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgandi. U ikki marta OFKning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan ilk saudiyalik futbolchiga, shuningdek, bu yutuqni ikki marta qo'lga kiritgan to'rtinchi osiyolik futbolchiga (Hidetoshi Nakada, Akram Afif va Server Jeparovdan keyin) aylandi.
Li Kang In OFK talqiniga ko'ra qit'aning xorijda o'ynayotgan eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Eng yaxshi yosh o'yinchi sovrini Avstraliya U-20 jamoasi bilan qit'a chempionligini qo'lga kiritgan Aleks Badolatoga nasib etdi. Nomzodlar qatorida O'zbekiston U-17 jamoasi etakchilaridan biri Sadriddin Hasanov ham bor edi.