Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Vyetnamni ham mag‘lub etdi
Endi ular o‘z yurishini pley-off bosqichida davom ettiradi.
Фото: ЎФА
Osiyo o‘yinlari guruh bosqichi 3-turi doirasida O‘zbekiston U-23 va Vyetnam U-23 milliy jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Unda o‘zbekistonlik futbolchilar 2:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvda gollarga Muhammadali O‘rinboev va Nurlan Ibraimov mualliflik qildi.
Shu tariqa, Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichidagi barcha 3 ta o‘yinda ham zafar quchib, yuz foizlik natija qayd etdi. Endi ular o‘z yurishini pley-off bosqichida davom ettiradi.
Osiyo o‘yinlari.
Guruh bosqichi, 3-tur.
Vyetnam — O‘zbekiston 0:2
Gollar: O‘rinboev 5, Ibraimov 67.