Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston U-23 jamoasi chorakfinalda Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi
Uchrashuv 25-sentabr Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da start oladi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining chorak finalida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi
"D" guruhidan o‘rin olgan Koreya Respublikasi va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Unda koreyslar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruh peshqadamiga aylanishdi.
Vakillarimiz yarim final yo‘llanmasi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 25-sentabr Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da "Mizuho" stadionida start oladi.