locale OZ

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston ayollar jamoasi Xitoy bilan durang o‘ynadi

Endilikda O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining 3-turida Gonkongga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston ayollar jamoasi Xitoy bilan durang o‘ynadi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Xitoy terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvda dastlab Xolida Dadaboyeva 41-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq Xitoy vakili Jan Lin Yang 70-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, Kotrina Kalbayt shogirdlari guruh bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuvdan so‘ng 2 ochko jamg‘ardi va hozirda “G” guruhida 2-o‘rinda bormoqda.

Endilikda O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining 3-turida Gonkongga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo o‘yinlari. 2-tur
O‘zbekiston – Xitoy 1:1
Gollar
: Xolida Dadaboyeva 41 – Jan Lin Yang 70.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting