locale OZ

«Mash’al»da derbi oldidan katta yo‘qotishlar bor

O‘yin G‘uzorda bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Mash’al»da derbi oldidan katta yo‘qotishlar bor
Фото: Машал ПФК

Ertaga voha derbisi – “Mash’al” va “Sho‘rtan” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv oldidan yangi xabar. Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Mash’al” muhim to‘qnashuvga asosiy tarkibning bir nechta yetakchi futbolchisisiz tayyorlanmoqda.

Darvozabon Doston To‘xtaboyev, himoyachi Muhammadali Aliqulov, shuningdek yarim himoyachilar Javohir Abdualilov va Dilshod Rahmatullaev derbida jamoaga yordam bera olmaydi.

Bosh murabbiy Otabek Narzullaev uchun bu jiddiy yo‘qotish hisoblanadi. Shunga qaramay, u mavjud tarkibga ishonib, muxlislar oldida munosib o‘yin ko‘rsatishga intilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting