locale OZ

Osiyo kubogi U-17. O'zbekiston Australiyani ishonchli hisobda mag'lub qildi

Saudiya Arabistonida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida D guruhida 3-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo kubogi U-17. O'zbekiston Australiyani ishonchli hisobda mag'lub qildi
photo: UFA

Saudiya Arabistonida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida D guruhida 3-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston U17 jamoasi Avstraliya bilan bellashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mirkomil Murodov va Ahror Ravshanbekov gollarga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Sergey Chigodayev jamoasi 6 ochko bilan guruhda peshqadam sifatida keyingi bosqichga chiqdi.

Avvalroq o‘zbekistonlik futbolchilar Qatarda o‘tadigan kichik mundialga ham yo‘llanma olishgandi.

Osiyo kubogi U-17
D guruhi. 3-tur
O‘zbekiston — Avstraliya 2:0
Gollar: Mirkomil Murodov 28, Ahror Ravshanbekov 45
O‘zbekiston — Olimjon Shomurodov, Muhammad Hakimov, Muhammad Mamatov, Amirxon Erkinov, Islom Ravshanov, Suxrob Sadirjonov, Mirjamol Anvarov, Ahror Ravshanbekov, Adis Abdunabiyev, Laziz Abduraimov, Abubakir Rahimov.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting