locale OZ

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Shayx Salmon o‘z nutqida so‘nggi yillarda Osiyo futbolida erishilgan yutuqlarni e’tirof etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Фото: ЎФА

Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Riyod shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qo‘mitasining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishga OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa raislik qildi. Tadbirda Osiyo futbolining dolzarb masalalari, mintaqadagi futbolni yanada rivojlantirish, a’zo assotsiatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqaviy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, boshqaruv va ta’lim dasturlarini kuchaytirish borasidagi yangi tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muhim qarorlar muhokama qilindi.

Shayx Salmon o‘z nutqida so‘nggi yillarda Osiyo futbolida erishilgan yutuqlarni e’tirof etdi. Shuningdek, u Konfederatsiya barcha a’zo assotsiatsiyalar bilan birdamlikda harakat qilishini, murakkab vaziyatlarda ularni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ta’kidladi.

Yig‘ilishda OFK va UEFA o‘rtasida murabbiylik ta’limi bo‘yicha yangi hamkorlik bitimlari imzolandi. Ushbu kelishuvlar orqali murabbiylar malakasini o‘zaro tan olish, tajriba almashish va o‘quv dasturlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Bitimlar 2029-yilgacha amal qiladi. Shuningdek “AFC Equal Pitch” dasturi ham tasdiqlandi. Bundan tashqari, sohil futboli bo‘yicha navbatdagi ikki Osiyo Kubogi Tailandda o‘tkazilishi belgilandi.

OFK Ijroiya qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “AFC Awards 2026” marosimiga ham Tailand mezbonlik qilishi belgilandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting