Osimhenning jarohati bo‘yicha dastlabki tashxis ma’lum qilindi
“Galatasaroy” hujumchisi Viktor Osimhenning “Istanbul Bashakshehir”ga qarshi uchrashuvda olgan jarohati bo‘yicha dastlabki tashxis ma’lum bo‘ldi. Nigeriyalik futbolchining o‘ng son mushaklarining chov sohasida cho‘zilish va og‘riq aniqlangan, davolash jarayoni boshlangan. Qo‘shimcha tekshiruvlardan so‘ng jarohatning aniq darajasi ma’lum bo‘ladi.
Osimhen Turkiya Superligasining 4-turida “Bashakshehir”ga qarshi bahsda 16-daqiqada hisobni ochgan, biroq jarohat sabab 33-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘lgan. “Galatasaroy” uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Jamoa bosh murabbiyi Okan Buruk Osimhenni Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvgacha safga qaytarishga umid qilayotganini bildirdi. “Galatasaroy” 9-sentabr kuni turnirning liga bosqichidagi ilk o‘yinini safarda “Sporting”ga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Osimhen joriy mavsum Turkiya Superligasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.