locale OZ

Osimhen \"Yuventus\"ga o'tishni istamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osimhen "Yuventus"ga o'tishni istamoqda
Photo: Getty Images

Hujumchi Viktor Osimhen Italiya "Yuventus" klubiga o'tishni xohlamoqda. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Al-Ahli" va "Al-Hilol" klublarining qiziqishiga qaramay, futbolchi Saudiya Arabistonida o'ynashni istamayapti. "Al-Hilol" uni yiliga 30–35 million yevro maosh bilan ta'minlashga tayyor edi.

Avvalroq, turinliklar Osimhen uchun "Napoli"ga bonuslarni qo'shib hisoblaganda 85 million yevro taklif qilishga tayyor ekani haqida ham xabarlar tarqalgan.

Futbolchi "Yuventus"ni birinchi o'ringa qo'yayotgani aytilmoqda, chunki u sport direktori Kristiano Juntoli bilan yana hamkorlik qilishdan mamnun bo'lar edi. Hozircha nigeriyalik hujumchi turinliklar bilan muzokaralarni kutmoqda.

Osimhenning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting