locale OZ

Osimhen «Galatasaroy»ni tark etishi mumkin

Bu haqda Football Italia nashri xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osimhen "Galatasaroy"ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

Nigeriya terma jamoasi va "Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimhenning kelajagi yozgi transfer oynasi arafasida so'roq ostida qolmoqda, deb xabar beradi Football Italia.

27 yoshli futbolchi 3 iyun kuni Polshaga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik o'yini uchun Nigeriya terma jamoasining qaydnomasi ro'yxatiga kiritilmadi. Terma jamoa bosh murabbiyining so'zlariga ko'ra, ehtimoliy transfer atrofidagi vaziyat futbolchining bor diqqatini milliy jamoa o'yinlariga qaratishiga halaqit berishi mumkin.

Manbaga ko'ra, Osimhenga A Seriyaning bir nechta klubi, jumladan, "Yuventus" va "Roma" qiziqish bildirmoqda.

Nigeriyalik futbolchining kelajagi borasidagi qaror shu yozning o'zida qabul qilinishi mumkin. Bu mavsumda Turkiya chempionatida Osimhen 22 ta o'yinda 15 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Chempionlar ligasida esa uning hisobida 10 ta uchrashuvda yettita gol va uchta golli uzatma bor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting