Osimhen faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin — manba
«Atletiko Madrid» yozda unga boʻlgan qiziqish kuchayishi fonida Turkiyaning «Galatasaroy» klubi hujumchisi Viktor Osimhen transferini koʻrib chiqmoqda, deb xabar beradi AS nashri.
Manbaning maʼlum qilishicha, Ispaniya grandi Osimhenning xaridini «Barselona»ga oʻtishi taxmin qilinayotgan hujumchi Xulian Alvaresning kelajagi borasidagi noaniqlik sababli koʻrib chiqmoqda.
Osimhen «Galatasaroy»dagi muvaffaqiyatli davridan soʻng Yevropa futbolidagi eng talabgir hujumchilardan biriga aylandi, u yerda ikki mavsum davomida 74 ta oʻyinda 59 ta gol urishga erishdi. Hujumchi klubning ichki arenadagi muvaffaqiyatlarida, jumladan, ikkita chempionlik unvoni va mamlakat Kubogidagi gʻalabada muhim rolni oʻynadi.
Nigeriya terma jamoasi forvardi Yevropaning bir nechta yetakchi klublari eʼtiborini tortdi.
«Atletiko»dan tashqari, Osimhenning vaziyatini «Manchester Yunayted» va «Arsenal» ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, «Pari Sen-Jermen» ham 27 yoshli futbolchiga qiziqish bildirishda davom etmoqda.