locale OZ

Osimhen «Barselona»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan «Galatasaray» — «Barselona» uchrashuvi 13-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osimhen «Barselona»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin
Фото: Getty Images

«Galatasaray»ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimhen Chempionlar ligasida «Barselona»ga qarshi bo‘lajak uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Osimhen jarohatidan keyin «Galatasaray» bilan mashg‘ulotlarga qaytgan. Turkiya klubi uni «Barselona»ga qarshi o‘yinda maydonga tushirishga umid qilmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchining uchrashuvda ishtirok etishi bo‘yicha yakuniy qaror o‘yinga yaqin vaqtda qabul qilinadi. Bu haqda turk grandi shifokori Yener Inche ma’lum qildi.

«Osimhenning tiklanish jarayoni juda yaxshi kechmoqda. U jamoa bilan bir nechta mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Biroq biz tavakkal qilishni istamaymiz. Qarorni test natijalari asosida qabul qilamiz», — dedi Inche.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan «Galatasaray» — «Barselona» uchrashuvi 13-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting