locale OZ

«Osasuna» «Real»ning sakkiz oʻyinlik gʻalabali seriyasiga chek qoʻydi

Madrid klubi hozirda peshqadamlikni saqlab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Osasuna» «Real»ning sakkiz oʻyinlik gʻalabali seriyasiga chek qoʻydi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 25-turida kutilmagan natija qayd etildi. Pamplona shahrida kechgan bahsda «Osasuna» o‘z maydonida chempionat peshqadami — Madridning «Real» klubini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Ushbu mag‘lubiyat Alvaro Arbeloa shogirdlarining ichki birinchilikdagi 8 o‘yinlik g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi. Madridliklar bungacha turnir doirasida ketma-ket quyidagi jamoalarni mag‘lub etishgan edi:

  • «Sevilya» (2:0), «Betis» (5:1), «Levante» (2:0), «Vilyarreal» (2:0), «Rayo Valyekano» (2:1), «Valensiya» (2:0) va «Real Sosedad» (4:1).

Mag‘lubiyatga qaramay, «Real Madrid» 60 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilikni saqlab turibdi. Muhim g‘alabani qo‘lga kiritgan «Osasuna» esa o‘z ochkolarini 33 taga yetkazib, jadvalning 9-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting