locale OZ

«Osasuna» — «Real» uchrashuvidan soʻng mezbonlarning ikki nafar muxlisi hibsga olindi

Qayd etilishicha, muxlislarning biri Tibo Kurtuava qarata shisha idish uloqtirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Osasuna» — «Real» uchrashuvidan soʻng mezbonlarning ikki nafar muxlisi hibsga olindi
FOTO: Getty Images

La Liganing 25-turi doirasida o‘tgan «Osasuna» va «Real Madrid» (2:1) jamoalari o‘rtasidagi bahsda ko‘ngilsiz voqea yuz berdi. Marca nashri xabariga ko‘ra, mezbon jamoa muxlislaridan biri madridliklar darvozaboni Tibo Kurtuaga qarata shisha idish uloqtirgan.

Belgiyalik posbon ushbu buyumni hakamga topshirgan, referi esa o‘z navbatida vaziyat haqida mas’ul shaxslarga ma’lum qilgan. O‘yin yakunlangach, stadion qo‘riqlash xizmati xodimlari huquqbuzarni aniqlash maqsadida tribunaga ko‘tarilgan, biroq bu muxlislar va xavfsizlik xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvga aylanib ketgan. Vaziyatga milliy politsiya aralashishiga to‘g‘ri keldi va natijada ikki kishi hibsga olindi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu mag‘lubiyatga qaramay, «Real Madrid» 25 ta turdan so‘ng 60 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting