locale OZ

O‘rtoqlik uchrashuvi. «Istanbul Basaksehir» g‘alaba qozondi, Shomurodovdan assist

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik uchrashuvi. «Istanbul Basaksehir» g‘alaba qozondi, Shomurodovdan assist
Photo: Getty Images

Turkiyaning "Istanbul Basaksehir" klubi Germaniyaning "Fortuna Düsseldorf" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Mazkur to‘qnashuvda turkiyaliklar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov uchrashuvning 70-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, oradan 13 daqiqa o‘tib golga assistentlik qildi. Uning uzatmasidan Omer Faruk Beyaz unumli foydalandi va o‘yindagi yagona golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, "Istanbul Basaksehir" yaqinda Shomurodovni "Roma" klubidan ijaraga olgan edi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting