locale OZ

O'rtoqlik o'yini. “Yuventus” “Palermo”ni mag‘lub etdi

Shu tariqa “Yuventus” yangi mavsum oldidan navbatdagi nazorat uchrashuvida g‘alabaga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'rtoqlik o'yini. “Yuventus” “Palermo”ni mag‘lub etdi
Foto: Getty Images

“Yuventus” yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida “Palermo”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Avstriyada bo‘lib o‘tgan bahs Turin klubining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Birinchi golni 45-daqiqada Kenan Yildiz urdi. Uchrashuv yakuniga yaqin, 86-daqiqada esa Arkadiush Milik hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Shu tariqa “Yuventus” yangi mavsum oldidan navbatdagi nazorat uchrashuvida g‘alabaga erishdi. “Palermo” esa 2026/27-yilgi mavsumni Italiya B Seriyasida o‘tkazadi.

“Yuventus” A Seriyaning yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 23-avgust kuni safarda “Frozinone”ga qarshi o‘tkazadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting