locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. Yaponiya o‘z tarixida ilk bor Braziliyani mag‘lub etdi

Kunchiqar yurt vakillari 0:2 ni 3:2 ga aylantirishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. Yaponiya o‘z tarixida ilk bor Braziliyani mag‘lub etdi
FOTO: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Yaponiyaga qarshi bahs olib borib, yakunda 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Karlo Anchelotti shogirdlari birinchi bo‘limda ishonchli o‘yin ko‘rsatib, 2:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Gollarga Paulo Enrike («Vasko da Gama») va Gabriel Martinelli («Arsenal») mualliflik qildi.

Ammo ikkinchi bo‘limda Yaponiya kambek amalga oshirdi. Uchrashuv yakuniyga qadar Takumi Minamino, Keita Nakamura va Ayase Ueda bittadan gol urib, jamoasiga tarixiy g‘alabani taqdim etishdi.

Ma’lumot uchun, bu natija Yaponiyaning Braziliya ustidan qozongan ilk g‘alabasi bo‘ldi.

O‘rtoqlik o‘yini

Yaponiya — Braziliya 3:2

Gollar: Minamino (52), Nakamura (62), Ueda (71) — Enrike (26), Martinelli (32).

Yaponiya — Suzuki, Vatanebe, Taniguchi, Suzuki, Doan (Mochizuki, 85), Sano, Kamada (Ogava, 85), Nakamura (Soma, 74), Kubo (Ito, 54), Minamino (Tanaka, 74), Ueda (Machino, 74).

Braziliya — Souza, Enrike, Bruno, Beraldo, Augusto (Enrike, 75), Gimarayesh (Joelinton, 57), Kazemiro, Paketa (Risharlison, 75), Enrike (Estevao, 75), Vinisius (Kunya, 57), Martinelli (Rodrigo, 57).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting