locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. Portugaliya – Chili. Asosiy tarkiblar ma’lum

Bellashuv soat 22:45 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. Portugaliya – Chili. Asosiy tarkiblar ma’lum
ФОТО: Getty images

Bugun, 6-iyun kuni AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi Jahon chempionati final bosqichiga tayyorgarlik doirasida Portugaliya va Chili terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Portugaliya JCH-2026 dagi yurishini K guruhida boshlaydi, bu yerda uning raqiblari Kongo DR, O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari bo‘ladi. F saralash guruhida portugaliyaliklar Irlandiya, Vengriya va Armanistondan o‘zib ketib, birinchi o‘rinni egallagan.

Chili terma jamoasi jahon chempionatining Janubiy Amerika saralashida 10 ta jamoadan iborat guruhda 10-o‘rinni egallagan va to‘rt yillikning bosh turnirining final bosqichiga chiqa olmagan.

Portugaliya: Joze Sa, Semedu, Diash, Veiga, Kanselu, Fernandesh, Bernardu Silva, Krishtianu Ronaldu, Leau, Konseysau, Koshta.

Chili: Viguru, Maripan, Roman, Suaso, Faundes, Pisarro, Arse, Loyola, Osorio, Tapiya, Gutyerres.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting