locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston terma jamoasi Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

Norchayevdan dubl.
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston terma jamoasi Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Toshkentda Suriyaga qarshi bellashdi. Unda vakillarimiz raqib darvozasiga 4 ta gol urishdi. Husayn Norchayev dublga erishdi. Shuningdek, Sherzod Esanov va Akmal Mozgovoy ham bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 90+2-daqiqada suriyaliklar Ne’matov darvozasini ishg‘ol qilishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 4:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Endi ular keyingi bahsini 6 oktabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik o‘yini

O‘zbekiston – Suriya 4:1

Gollar: Sherzod Esanov 27, Akmal Mozgovoy 45, Husayn Norchayev 49, 90.

O‘zbekiston: 12.Abduvahid Ne’matov, 2.Abduqodir Husanov (26.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 86), 4.Behruz Karimov (3.Hojiakbar Alijonov, 63), 5.Jahongir O‘rozov (27.Muhammad Hakimov, 86), 6.Akmal Mozgovoy (24.Diyor Xolmatov, 78), 9.Odil Hamrobekov (7.Umarali Rahmonaliyev, 63), 20.Aziz Amonov (11.Aziz Xolmurodov, 78), 21.Husayn Norchayev, 22.Abbos Fayzullayev (8.Jasurbek Jaloliddinov, 63), 23.Sherzod Esanov, 25.Mahmud Mahamadjonov.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting