O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi “Tsementchi” bilan durang qayd etdi
Фото: ЎФА
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun Birinchi liga ishtirokchisi “Tsementchi”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Quvasoydagi “Tsementchi” stadionida kechgan bellashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Islom Ismoilov shogirdlari safida gollar Asilbek Aliyev, Sayfiddin Sodiqov va Jamshidbek Rustamov hisobiga yozildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar terma jamoasi Osiyo kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.
O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston U17 3:3 “Tsementchi”
Gollar: Asilbek Aliyev, Sayfiddin Sodiqov, Jamshidbek Rustamov.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist