O'rtoqlik o'yini. Neftchi Bolgariya klubiga yutqazib qo'ydi
Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlikni davom ettirayotgan Farg'onaning Neftchi jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Bolgariyaning Arda jamoasiga qarshi kechgan ushbu qarama-qarshilikda buyuk chinorlar 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi.
NAZORAT UCHRASHUVI
29.01.2026 | 17:00
Turkiya, Belek shahri
"NEFTCHI " (O'zbekiston) -
"ARDA" (Bolgariya) 0:1
Gollar: Patrick Luan, 19'(0:1)
"Neftchi" 1-bo'lim: 1.Botirali Ergashev, 2.Izzatillo Po'latov, 20.Anvarjon G'ofurov, 4.Bojan Ciger, 34.Farruh Sayfiyev, 77.Ratinho, 23.Jovan Djokich, 11.Asilbek Jumayev, 8.Vladimir Jovovich, 10.Jamshid Iskanderov, 32.Zoran Marushich.
"Neftchi" 2-bo'lim: 1.Botirali Ergashev, 4.Bojan Ciger, 21.Muhsin Ubaydullaev,34.Farrux Sayfiyev, 2.Izzatillo Po‘latov, 14.Daler Tuxsanov, 24.Rustambek Fomin, 70.Silvanus Nimeli, 18.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 30.Azizbek Muratov, 28.Muhammadqodir Rasuljonov.
Bosh murabbiy: Islombek ismoilov
To‘liq nomi:
"Arda" (Kardjali) — Bolgariyaning Birinchi liga vakili
Tashkil topgan yili: 1924 yil
Nomlanishi: Arda daryosi sharafiga nomlangan
Stadion: "Arda Arena" — jamoa uy uchrashuvlarini shu stadionda o‘tkazadi.
Sig‘imi— 15000 tomoshabin
Bosh murabbiy: Stamen Belchev
Yutuqlari: Uchinchi liga g‘olibi—2017/2018 yillar, Bolgariya kubogi 1/8 final ishtirokchisi, Bolgariya havaskorlar futbol ligasi kubogi g‘olibi —2017/2018