locale OZ

O'rtoqlik o'yini. «Navbahor» «Bandirmaspor»ni ishonchli hisobda mag'lub qildi

Namanganning «Navbahor» jamoasi o'zbek futbolida vujudga kelgan tanaffus davrida Turkiyada yig'in o'tkazayotgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'rtoqlik o'yini. «Navbahor» «Bandirmaspor»ni ishonchli hisobda mag'lub qildi
photo: Navbahor FK

Namanganning «Navbahor» jamoasi o'zbek futbolida vujudga kelgan tanaffus davrida Turkiyada yig'in o'tkazayotgan edi. «Lochinlar» «Bandirmaspor» bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

«Xabar berganimizdek, jamoamiz bugun Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi so‘nggi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini Balu shahrida Turkiyaning «Bandirmaspor» (Bandirma) klubiga qarshi o‘tkazdi.

Mazkur bahsda vakillarimiz Muhammadali Usmonov va Zafarbek Rahimjonovlarning uchrashuvning 2-bo‘limida urgan gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Namanganliklar Turkiyadagi yig‘inni bugun yakunlashdi hamda ertaga yurtimizga qaytishadi»,-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting