locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. «Man Siti» «Atletiko»ni mag‘lub etdi — Marmushdan dubl

Uchrashuv Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi Jahon kubogi stadionida bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. «Man Siti» «Atletiko»ni mag‘lub etdi — Marmushdan dubl
ФОТО: Getty images

«Manchester Siti» mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvida «Atletiko» klubini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi Jahon kubogi stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda hisobni 43-daqiqada «Atletiko»ning 16 yoshli himoyachisi Xorxe Dominges ochdi.

Tanaffusdan so‘ng «Man Siti» vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirdi. 57 va 59-daqiqalarda misrlik hujumchi Omar Marmush ikki daqiqa ichida ikki marta gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Uchrashuv yakuniga yaqin, 90-daqiqada Rayan Ait-Nuri hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirib, «Man Siti»ning g‘alabasini rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, «Man Siti» Osiyodagi mavsumoldi safarini «Atletiko» ustidan ishonchli g‘alaba bilan yakunladi.

O‘rtoqlik o‘yini.
Manchester Siti — Atletiko 3:1
Gollar:
Marmush 57, 59 (dubl), Ait-Nuri 90 — Dominges 43.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting